Erondan yirik, maydon egalaridan ishonchli gʻalaba
Kecha, 1-sentyabr kuni Tojikiston Respublikasining Hisor shahrida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan “CAFA National Cup” turnirining “B” guruhi 2-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Dastlabki oʻyinda Eron terma jamoasi musobaqaga mehmon sifatida taklif etilgan Hindiston terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etdi.
Gollarga “Traktor” klubi aʼzosi Amirhusayn Husaynzoda, “Persepolis” yetakchisi Ali Alipur va yaqinda Gretsiyaning “Olimpiakos” klubiga koʻchib oʻtgan Mehdi Taremi mualliflik qildi.
Guruhning ikkinchi oʻyinida esa Tojikiston terma jamoasi Afgʻoniston bilan kuch sinashdi. Oʻyin mezbonlarning 2:0 hisobiga gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollar “Soʻgʻdiyona” va “Navbahor” kabi Oʻzbekiston klublarining sobiq futbolchisi Ehsoni Panjshanbe va “Regar-TadAZ” jamoasi yarim himoyachisi Shervoni Mabatshoyev hisobiga yozildi.
Maʼlumot uchun, “B” guruhida 3-tur oʻyinlari 4-sentyabr kuni tashkil etiladi. Unda Eron terma jamoasi Tojikiston bilan, Hindiston termasi esa Afgʻoniston bilan kuch sinashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring