Eron oliy rahnamosi tirik – Aroqchi
Internetda Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy bugun, 28-fevral kuni Isroil hamda AQSH tomonidan qilingan hujum oqibatida halok boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ushbu xabarlarni rad etib, oliy rahnamo tirik ekanini bildirdi.
“Bilishimcha, oliy rahnamo tirik. Sud hokimiyati rahbari, parlament spikeri, barcha yuqori lavozimli amaldorlar va Milliy xavfsizlik kengashi kotibi ham tirik. Hozirda hamma oʻz joylarida”, — degan Abbos Aroqchi.
Avvalroq, turli ommaviy axborot vositalarida Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning Tehrondagi qarorgohi Isroil zarbalari oqibatida vayron boʻlgani aks etgan suratlar tarqalgan edi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring