Eron AQSH bazasiga zarba berdi
Eron Qatarda joylashgan AQSHning “Al-Udeyd“ harbiy bazasiga raketalar bilan zarba berdi. Bu harakat AQSH tomonidan Eronning yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarga javob sifatida amalga oshirilgani maʼlum qilindi.
Eron Milliy xavfsizlik boʻyicha oliy kengashining maʼlumotiga koʻra, zarba davomida oʻnlab raketa uchirilgan. AQSHga qarashli “The New York Times” nashrining yozishicha, hujumdan oldin Eron Qatarni ehtimoliy zarba haqida oldindan ogohlantirgan.
Qatar mudofaa kuchlari havo hujumini muvaffaqiyatli qaytarganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, Qatar Tashqi ishlar vazirligi Tehronning hujumiga munosib javob qaytarish huquqini saqlab qolishini taʼkidladi.
Pentagon hamda keyinchalik AQSH prezidenti Donald Tramp bergan maʼlumotga koʻra, zarba natijasida amerikalik harbiylar orasida jabrlanganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring