Endilikda oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa 3-yil muddatga beriladi
Hukumat qarori (720-son, 13.11.2025-y.) bilan “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur reglamentga koʻra, sanitariya-epidemiologik xulosa 3-yil muddatga berilishi belgilangan. Mazkur xulosa chetdan olib kelinayotgan mahsulotga mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega boʻlmagan mahsulotga esa – muddati koʻrsatilmasdan beriladi.
Sanitariya-epidemiologik xulosa quyidagi holatlarda olinishi lozim:
- yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganda;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi oʻzgarganda;
- mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining konstruksiyalari, jamlanmalari oʻzgarganda;
- tajriba uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;
- respublika hududiga olib kiriladigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga;
- mahsulot ishlab chiqarish uchun berilgan sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilish muddati tugaganda.
Shuningdek, ariza beruvchi davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga kelib yoki elektron tarzda YAIDXP (my.gov.uz) orqali foydalanishi mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi xulosani QR-kod orqali tasdiqlaydi hamda 1 ish kunida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring