Endi yoʻl taʼmirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
Joriy yil 1-iyundan boshlab shaharlar avtomobil yoʻllarida taʼmirlash yoki yoʻl chiziqlarini chizish bilan bogʻliq ishlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oshirishga (dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan alohida holatlar bundan mustasno) yoʻl qoʻyilmaydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, taʼmirlash va yoʻl chiziqlarini yangilash ishlari endi kunduzi emas, faqat kechasi — yoʻllardagi harakat kamaygan vaqtda amalga oshiriladi.
Bu oʻzgarish fuqarolarning kundalik ishga borish-kelish, farzandini maktabga olib borish yoki shifoxonaga yetib olishni osonlashtirish bilan bir qatorda, tirbandliklar yuzaga kelishini oldini oladi.
Shuningdek, joriy yil 1-sentyabrdan boshlab harakat tezligini nazorat qilishga moʻljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan koʻp boʻlmagan hududda “Radar” yoʻl belgisining oʻrnatilishi majburiy boʻladi.
Qaror imzolangan kundan boshlab qator yengilliklar joriy qilinadi.
Xususan, soat 23:00 dan 06:00 ga qadar yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmalarda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berildi.
Avtobuslar harakati uchun ajratilgan, yaʼni “A” harfli tasmalarda boshqa transport vositalarining harakatlanishi hozirda taqiqlangan. Soat 23:00 dan boshlab deyarli barcha avtobus yoʻnalishlari oʻz ishini tugatishini hisobga olib hamda qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida boshqa transport vositalarining tungi paytda, soat 6:00 ga qadar ushbu tasmalarda harakatlanishi mumkin boʻladi va bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 2025-yil 1-iyundan radarlar yoʻl chizigʻini bosganlik uchun jarima yozmasligi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring