Eldor Shomurodov endi “Roma”ga tegishli emas
Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Eldor Shomurodovni toʻliq sotib oldi. Bu haqda Turkiyaning “Zpor” portali xabar berdi.
“Roma” va “Istanbul Bashakshehir” klublari oʻrtasidagi ijara shartnomasida turk klubiga Eldor Shomurodovni 2,7 million yevroga sotib olish huquqi taqdim etilgan edi. Manbaga koʻra, “Bashakshehir” ushbu opsiyadan foydalangan.
“Endi Eldor Istanbul klubining toʻlaqonli futbolchisi aylandi”, deya, maʼlumot berdi manba.
Shuningdek, kelishuvga koʻra, “Roma” klubi Eldorning keyingi transferidan 10 foiz ulush olishiga ham kelishilgan. Maʼlumot uchun, Eldor Shomurodov 2025-yilning yozida “Istanbul Bashakshehir”ga kelib qoʻshilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring