Ektor Kuper isteʼfoga chiqarildi

11:37 23 Sentyabr 2019 Sport
1729 0

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

2018-yilning avgust oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.

“Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi”, deyiladi tashkilot xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер