Ekologik toza mahsulot Yevropa bozoriga eksport qilinmoqda

Nukus tumanidagi “Biogumus” fermer xoʻjaligida 2018-yildan buyon “Quyoshda quritilgan ekologik toza organik pomidor ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilib, Yevropa bozoriga tabiiy darmondorilarga boy mahsulot yetkazib berilmoqda.
— Fransiyadan keltirilgan maxsus urugʻdan alohida parvarishlash yoʻli bilan oʻstiriladigan pomidorni tuzlab, quyosh nuri ostida quritish koʻp xarajat talab qilmaydi — deydi fermer xoʻjaligi rahbari Sherzod Niyazimbetov. — Tabiiy sharoitda quritilgan organik pomidor mahsulotiga Fransiya, Italiya bozorlarida talab ortib bormoqda. Oʻtgan yilda 100 ming AQSH dollari qiymatidagi 18 tonna mahsulotni eksport qilgan boʻlsak, bu yilgi hosil ham yetilib, quritish ishlari jadal davom etmoqda.
Bugungi kunda fermer xoʻjaligi qoʻshimcha qiymat yaratish maqsadida mahsulotni konserva holatiga keltirib eksport qilishni ham rejalashtirgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari M.Urazaliyev “Biogumus” fermer xoʻjaligida boʻlib, eksportchi korxonada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuvda quritilgan pomidor mahsulotining eksport geografiyasi kengaytirish, xorijdan keltirilgan asbob-uskunalarga bojxona toʻlovlaridan taqdim etiladigan imtiyozlar, “Eksport 3 qadamda” tizimi afzalliklari boʻyicha tavsiya va maʼlumotlar berildi.
Gʻayrat OTAJONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring