YXHT qoraqalpogʻistonlik ayollarining raqamli marketing koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashmoqda

23:56 20 Sentyabr 2025 Jamiyat
164 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Yevropada xavfsizlik hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori tashabbusi bilan qoraqalpogʻistonlik 150 nafardan ortiq xotin-qizlarni IT va kompyuter savodxonligi boʻyicha bilimlari oshirildi. Shuningdek, ular elektron tijorat va raqamli marketing koʻnikmalarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirdilar. Bunday tashabbus raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, oʻz tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor boʻldi. Nukus va qoʻshni tumanlar ayollari ishtirok etgan treninglar Qoraqalpogʻistondagi zamonaviy va dinamik rivojlanayotgan IT-Park Uzbekistan filialida taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

Bu YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan 2022-yildan buyon IT-Park Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan toʻrtinchi tashabbusdir. Ushbu tashabbuslar doirasida oʻtgan vaqt davomida mamlakatimiz turli hududlarida 500 nafardan ortiq xotin-qizlar oʻqitildi.

“Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish YXHTning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Raqamli koʻnikmalarga oʻqitish ayollarga ham shaxshiy, ham kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim qiladi hamda hududlarning barqaror rivojlanishiga, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga hissa qoʻshadi”, — deydi YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen.

Dastur ishtirokchilari berilgan imkoniyatni yuqori baholadi.

“Men uchun bu trening haqiqiy kashfiyot boʻldi. Ilgari kompyuterdan deyarli foydalanmasdim, endi esa raqamli vositalarni ishonch bilan oʻzlashtiryapman, onlayn savdo qilishni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali mahsulotlarni ilgari surishni oʻrgandim. Bunday tashabbuslar xotin-qizlarimiz salohiyatini amalga oshirishga yangi imkoniyatlar berayotgani, ayniqsa, ahamiyatlidir. Trening menga nafaqat bilim, balki oʻz tadbirkorligimni rivojlantirish va kelajakda boshqa ayollarga ish oʻrinlarini yaratish uchun motivatsiya berdi”, — dedi trening ishtirokchisi Mehrinur Uzakbayeva.

Bunday tashabbuslar misolida maqsadli koʻmak va sifatli taʼlim ayollarga barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshishga qanday yordam berishini koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер