Dushanbadan Oʻzbekistonda kunlar keskin soviy boshlaydi

13:31 02 Noyabr 2025 Jamiyat
359 0

“Oʻzgidromet” 3-6-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 3-noyabrda Qoraqalpogʻiston respublikasida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4-noyabrda 0-5 daraja iliq, 4-6-noyabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-noyabrda 7-12 daraja iliq, 4-6-noyabrda 7-12 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 4-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-noyabrda 4-9 daraja iliq, 4-6-noyabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq gacha pasayadi, kunduzi 3-noyabrda 13-18 daraja iliq boʻladi, 4-5-noyabrda 8-13 daraja iliq, 6-noyabrda 10-15 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon 3-noyabrda va 4-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 5-6-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 5-noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-noyabrda kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi, 4-6-noyabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon 3-noyabrda va 4-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 5-6-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-noyabrda kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi, 4-6-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 4-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-noyabrda kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 4-6-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 4-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 5-noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-noyabrda kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 4-6-noyabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 3-5-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) yogʻadi. 6-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 5-6-noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-12 daraja iliq, 4-6-noyabrda kechasi 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqqacha pasayadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?