Dunyoning eng badavlat odamlari 444 mlrd dollar yoʻqotdi
Foto: www.google.com
Sayyoramizning eng badavlat 500 odamining umumiy boyligi oxirgi haftada 444 mlrd dollarga kamaydi. Bu butun dunyo boʻylab birja indekslarining pasayishi sababli yuz berdi.
Bu haqda Bloomberg axborot agentligi yozmoqda. Taʼkidlanishicha, tadbirkorlarning bu yoʻqotishlari ularning 2020-yil boshidan beri qoʻlga kiritgan daromadlaridan koʻproqni tashkil qilgan. Eng katta yoʻqotishlarga Amazon rahbari Jeff Bezos uchragan, uning kapitali 11,9 mlrd dollarga kamaygan.
Shuningdek, bozorlardagi qulashdan Microsoft asoschisi Bill Geyts va LVMH kompaniyalari guruhi egasi Bernar Arnoga ham jiddiy ziyon yetgan – ular mos ravishda 10 va 9 mlrd dollardan yoʻqotishgan.
Yoʻqotishlar kattaligi boʻyicha 4-oʻrinda Ilon Mask joylashgan. Amerikalik tadbirkor Tesla kompaniyasi aksiyalari qadrsizlanishi oqibatida 9 mlrd dollar yoʻqotgan. Oʻz navbatida, taniqli sarmoyachi Uorren Baffet 8,8 mlrd dollardan mahrum boʻlgan.
Axborot agentligining yozishicha, birja kurslarining pasayishi dunyoning eng boy odamlarining 80 foiziga taʼsir koʻrsatgan.
Mutaxassislar bunday salbiy koʻrsatkichlarni koronavirus epidemiyasi va Xitoyda bu vaziyat sababli iqtisodiy pasayish kuzatilishi mumkinligi xavotiri bilan bogʻlashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring