Dunyoda koronavirus. Ispaniya oroliga boshqa epidemiya xavf solmoqda va boshqa yangiliklar
— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5,54 mln.dan oshib ketdi, 347 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 2,26 mln.dan ziyod inson tuzalgan.
— Serbiyada qariyb ikki oydan beri birinchi marta bir sutka davomida hech kim koronavirusdan vafot etmadi.
— Ispaniyaning Ibitsa orolidagi choʻmilish havzalari boʻshab qolgan. Oqibatda bu hududlarni tropik bezgak tashuvchilari boʻlgan tropik yoʻlbars chivinlari bosib ketdi. Mahalliy hokimiyat vakillari fuqarolardan tezroq tozalash tizimini ishga tushirishni soʻrashyapti.
— Maldiv orollariga keladigan barcha turistlar koronavirusga testdan oʻtkaziladi, natijaga qarab ular mehmonxonalarga qoʻyiladi.
— Ukraina sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatda futbol oʻyinlari 30-maydan qayt boshlashga ruxsat berdi.
— Kuba turistlar uchun majburiy karantin rejimini joriy etmaydi.
— Armaniston bosh vaziri mamlakat koronavirusning ikkinchi toʻlqinini boshdan oʻtkazayotganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring