Dunyo boʻylab ishlab chiqilayotgan Covid-19 vaksinalari soni 100 dan oshdi

05:03 25 Aprel 2020 Dunyo
1168 0

Bugungi kunda dunyoda Covid-19 ga qarshi kurashish uchun 100 dan ortiq potensial vaksinalar ishlab chiqilmoqda.

Bu haqda vaksinalar va immunizatsiya boʻyicha global alyans bosh direktori Set Berkli Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Uning soʻzlariga koʻra, ayni kunlarda 100 dan ortiq vaksina ishlab chiqilmoqda, ulardan oltitasi esa allaqachon klinik sinovlardan oʻtmoqda. Berkli bu vaksinalar hamma uchun yetarli boʻlishiga ishonmoqda.

“Biz vaksinalar barchaga yetarli boʻlishini taʼminlashimiz kerak. Vaksinaga nomzodlarni aniqlash va ustuvorligini taʼminlash uchun global boshqaruvga muhtojmiz”, dediBerkli va “gʻolib” vaksinani tanlashdan oldin dunyo miqyosida ishlab chiqarish hajmini oshirish kerakligini qoʻshimcha qildi.

“Biz 2009-yilda H1N1 grippiga qarshi emlash bilan boʻlgan voqeani takrorlay olmaymiz. Oʻshanda rivojlanayotgan mamlakatlarda zahiralar yetishmayotgan, yetkazib berganimizda esa allaqachon kech boʻlgan edi”, - deydi Berkli.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?