Drift qilishga uringan ikki yigit YTH oqibatida vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 19 yoshli ikki yigit YTH oqibatida halok boʻldi. Bu toʻgʻrida “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.
Unga koʻra, 30-yanvar kuni soat 17:00lar atrofida shaharning Nasaf koʻchasida “Nexia-3” avtomobili bilan mudhish yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Mashina rulida 19 yoshli yigit boʻlgan. U ikki nafar tanishi bilan birga avtomobil boshqarib kelayotgan vaqtida drift qilishga uringan, ammo tezlikni toʻgʻri baholay olmay rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxtga borib urilgan.
Voqea natijasida avtomashina salonida boʻlgan ikki nafar 19 yoshli yigit vafot etdi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq shu kunda Fargʻona viloyatida “BYD Song EV” va “Damas” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganligi haqida xabar bergan edik. Bu voqeada ham rul boshqaruvida boʻlgan 17 yoshli bola vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring