Doʻstlik festivali
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Madaniyat va sanʼat festivallari nafaqat xalqlar doʻstligining yanada mustahkamlanishiga, balki mamlakat imijining yuksalishiga ham xizmat qiladi. Buning yaqqol isboti sifatida “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasida boʻlib oʻtkan “Tasanno—2019” milliy taomlar va madaniyatlar festivalini misol qilib aytishimiz mumkin. Tadbirda oʻndan ortiq xalqlar, shuningdek, oʻzbek milliy taomlari, milliy kuy va qoʻshiqlari, raqslari namoyish etildi.
Ushbu xalqaro festival 2004-yil tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tomonidan har yili koʻtarinki ruh va katta tantana sifatida oʻtkazilib kelinadi.
Festivalda Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, “Tasviriy oyina” ijodiy birlashmasi, Badiiy akademiya va Oʻzbekistondagi xorijiy mamlakatlar elchixonalari vakillari, yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar jam ishtirok etdi.
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, “Fonon” korxonasi, “Ermak”, “Max Way”, “Life Juice”, “Yellow page Uzbekistan” kabi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tasanno—2019” ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
— Ushbu festivalni doʻstlik festivali desak ham adashmaymiz. — deydi Turkmaniston milliy madaniyat markazi rais oʻrnibosari Guldona Avezdurdiyeva. — Sababi bu yerda turli millat vakillari bir oiladek ishtirok etmoqda. Bir xalqning milliy taomlari, madaniyati, sanʼatini oʻrganish bu unga bir necha qadam yaqinlashish degani. Shunday ekan, bu kabi doʻstlik festivallarining oʻtkazilishidan biz hamisha xursandmiz.
Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring