DXX OTMlarga o‘qishga kiritish bilan shug‘ullangan jinoiy guruhlarni fosh qildi
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati mamlakat OTMlariga noqonuniy o‘qishga kirishni tashkil qilish bilan shug‘ullangan bir nechta jinoiy guruhlarni fosh qildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida maxsus reportaj efirga uzatildi.
Unda qayd qilinishicha, bunday guruhlardan biri Toshkent davlat moliya institutining yetti nafar talabasidan iborat bo‘lgan. Tashkilotchi ular uchun o‘qishga kirishda zarur bo‘ladigan qalbaki hujjatlarni tayyorlab bergan. Ular abituriyentlarning o‘rniga imtihonga kirib, ular uchun testlarni ishlab berishi kerak bo‘lgan. Ularga har bir abituriyent uchun 2 ming dollardan va’da qilingan.
Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 7 ming dollar pora olgan shaxs ham qo‘lga tushdi. U o‘z sherigi bilan birga haqiqiy abituriyentning o‘rniga imtihon topshirishi kerak bo‘lgan Toshkent davlat moliya instituti talabasini yollagan.
Reportajda aynan shunday jinoiy guruhlar haqida hikoya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring