“Dinamo” argentinalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib oldi
Foto: “Dinamo” PFK
Yangi mavsumda yangi marralarni koʻzlayotgan “Dinamo” PFK jamoasi yangi mavsum oldidan yana bir legioner bilan oʻz safini kuchaytirganini maʼlum qildi.
Samarqand klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, argentinalik 30 yoshli himoyachi Salvador Sanches bilan kelishuvga erishilgan. U jamoa safiga erkin agent sifatida kelib qoʻshilgan. Ushbu futbolchi markaziy va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynay oladi.
Salvador Sanchesning soʻnggi jamoasi Chilining “Deportes Ikike” klubi boʻlib, u mazkur jamoa bilan xayrlashgach, joriy yilning yanvarida oyida erkin agentga aylangandi.
Sanches “River Pleyt” klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, u professional futboldagi faoliyati davomida Argentinaning “Arsenal Sarandi”, “Santamarina”, “Olimpo”, Gretsiyaning “Volos”, “PAS Lamiya”, Litvaning “Panevejis” va Chili chempionatining “Kokimbo Yunido” hamda “Deportes Ikike” klublari sharafini himoya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring