Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi
Illyustrativ foto
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi.
Prezident Farmoniga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi asosiy yoʻnalishlardagi erishilgan natijalar boʻyicha Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi:
• davlat organlarining inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish samaradorligi;
• davlat xizmatlarini koʻrsatishning tezkorligi va sifati;
• davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi;
• davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi;
• davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining raqamlashtirilganlik darajasi;
• respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ular oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligi;
• normativ-huquqiy hujjatlar bilan joriy etilgan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa reytinglar.
Reyting natijalariga koʻra, quyi pogʻonadagi davlat idoralarining ish usullarini oʻzgartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish (BPR-reinjiniring) choralari amalga oshiriladi hamda Hukumat majlislarida rahbarlar faoliyatiga baho berib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring