“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi eʼlon qilindi
Rahimova Nodira / OʻzJOKU talabasi. Sugʻurtalangan va mehnat faoliyatidagi shaxslarning daromadi yoʻqolishiga sabab boʻluvchi ijtimoiy xatarlardan himoyalash loyihaning maqsadi hamda vazifasi etib belgilandi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ushbu qonun loyihasi jamoatchilik fikr-mulohazasi uchun qoʻyildi. Qonun loyihasi Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, taklif amalga tatbiq etilgan holatda jamgʻarma hisobidan quyidagilar joriy etiladi:
— birinchi bosqichda 2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha sugʻurtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sugʻurtalash manbasidan qatʼi nazar homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlab beriladi;
— ikkinchi bosqichda, 2026-yil 1-yanvardan barcha sugʻurtalangan jismoniy shaxslarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sugʻurtalash manbasidan qatʼi nazar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlab beriladi;
— uchinchi bosqichda, Oʻzbekiston prezidentining qaroriga asosan sugʻurtalangan shaxslarga ishsizlik nafaqasi va boshqa turdagi toʻlovlar joriy etiladi.
Ushbu qonun doirasining birinchi bosqichida homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlab berish uchun 1,2 trillion soʻm; ikkinchi bosqichda esa homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlab berish uchun 2,8 trillion soʻmdan tashqari vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlashga ham 2 trillion miqdorda soʻm ajratish talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring