Daraxtlarni “osma ukol” vositasida davolash usuli yaratildi

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Guliston davlat universitetining Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy-tadqiqot institutida professor Habibjon Qoʻshiyev va uning shogirdlari Toʻlqin Joʻrayev, Muhriddin Xudoynazarov tomonidan daraxtlarning holati hamda kasalliklarini tahlil qilish va ularni davolashning innovatsion usuli ishlab chiqildi.
Mazkur usulning eʼtiborli jihati shundaki, institut olimlari yaratgan biopreparatlar daraxt tanasiga tomchilatilgan holda, yaʼni xalq iborasi bilan aytganda, “osma ukol” orqali yuboriladi. Tajriba-sinovlardan maʼlum boʻldiki, ushbu biotexnologik muolajalar orqali kasalliklar bartaraf etilishi bilan birga daraxtlarning barqaror oʻsishi va rivojlanishiga ham erishiladi.
— Daraxtlarning sogʻlomligi va atrof-muhitga yanada koʻp foyda keltirishini taʼminlashda ushbu usul katta samara beradi, — deydi mazkur ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Habibjon Qoʻshiyev. — Shuningdek, ilmiy ahamiyatga egaligi barobarida amaliyotda qoʻllaganlarga har jihatdan foyda keltiradi. Ayniqsa, bogʻdorchilik hamda daraxtlarni asrash bilan shugʻullanuvchilarga bu texnologiya koʻplab imkoniyatlar eshigini ochadi.
Maʼlumot uchun: Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan izlanishlar natijasida muhim yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, institutda yaratilgan mikrobiopreparatlar, shu jumladan, mikrobiovak qishloq xoʻjaligida yuqori samara berayotir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring