Daniyada gibrid hujum eʼlon qilindi
Daniyada bir necha aeroportlar ustida nomaʼlum dronlar uchib yurgani ortidan hukumat mamlakatda “gibrid hujum” eʼlon qildi.
Mudofaa vaziri Troels Lund Poulsenning maʼlum qilishicha, kuzatilgan holatlar tasodifiy emas va vaziyatni aynan “gibrid hujum” sifatida baholashga arziydi. Bu haqda u Kopengagenda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Birinchi hodisa 22-sentyabr kuni kechqurun Kopengagenda qayd etilgan. Oʻshanda aeroport deyarli toʻrt soat davomida parvozlar va qoʻnishlar uchun yopildi. Keyingi kechada esa harbiylar mamlakatning yana toʻrtta aeroporti ustida nomaʼlum dronlarni aniqladi. Qurilmalar hududni tark etgach, havo qatnovi tiklandi.
Hozircha Daniya rasmiylari hujumlar ortida kimlar turganini ochiqlamadi, ammo bu voqealar tasodifiy emasligi va mamlakatni beqarorlashtirishga qaratilgan operatsiya boʻlishi mumkinligini taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring