Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
“Oʻzgidromet” 17-18-yanvar, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun, 16-yanvar kuni kunduzi va shanba kuniga oʻtar kechasi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, asta-sekin qorga ayanadi) boʻladi. Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir kechga tomon boshlanadi.
Ertaga kunduzi respublika boʻyicha barqaror ob-havo saqlanib turadi, baʼzi joylarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi, ammo uning jadalligi nisbatan kamayadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ushbu kunlarda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi.
Bugun kunduzi havo harorati 5-8 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi. Harorat kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-yanvarda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 16-yanvarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi, qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida bugun vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Harorat 6-8 daraja iliq boʻladi.
Shanba kuni kechasi va ertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq boʻladi.
18-yanvar kuni kechasi va ertalab biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring