Dam olish kunlari havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda

12:17 13 Mart 2026 Jamiyat
186 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 13-15-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 13-mart, juma va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 14-martda kechqurun va 15-mart kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

Havo harorati koʻtarilishi davom etadi. Juma kuni kunduzi havo 8-13 daraja iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa 14-17 daraja iliqqacha isiydi. Kechalari ham harorat koʻtariladi. Mamlakat hududining katta qismida kechalari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi. Faqat respublikaning ayrim joylarida kechalari kuchsiz sovuq saqlanib turadi.

Toshkentda 13-15-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati juma kuni kunduzi 11-13 daraja iliq, dam olish kunlari esa 13-15 daraja iliq boʻladi. Harorat kechalari 1 daraja sovuq — 4 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?