CNN eʼtirofi: “Oʻzbek olimlari dunyoni oʻzgartirgan!”

Ilm-fan tarixi insoniyat taraqqiyotiga beqiyos taʼsir koʻrsatgan olimlar nomlari bilan boyitilgan. Ularning matematika, astronomiya, geografiya va tibbiyot sohalaridagi kashfiyotlari hozirgi zamon texnologiyalari va ilmiy yutuqlarining asosiga aylangan. CNN oʻz maqolalarida ana shu buyuk mutafakkirlarning boy merosi va ularning ahamiyatini alohida taʼkidlagan. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino kabi afsonaviy olimlar asarlari avlodlarga ilhom manbai boʻlib kelmoqda.
Muhammad Xorazmiy, keng maʼnoda algebraning otasi sifatida tanilgan, zamonaviy matematikaning asoslarini yaratgan. CNN maqolalarida shunday deyiladi:
“Xorazmiy – oʻzbek olimlari orasida ajoyib iqtidor egasi boʻlib, zamonaviy matematikaning poydevorini qurdi”.
Uning mashhur “Al-Kitob al-Muxtasar fi Hisab al-Jabr va al-Mukabala” asari har kuni foydalanilayotgan texnologiyalarni rivojlantirishga zamin yaratgan.
Ahmad Fargʻoniy esa astronomiya, matematika va geografiya sohalarida ulkan yutuqlarga erishib, ilm-fan tarixi va islom sivilizatsiyasida chuqur iz qoldirgan.
“Oʻrta asrlardagi oʻzbek olimi Ahmad ibn Muhammad al-Fargʻoniy, Yevropa olamida Alfraganus nomi bilan tanilgan, astronomiya va matematika rivojiga ulkan hissa qoʻshgan”, deyiladi CNN maqolasida.
Abu Rayhon Beruniy ham juda muhim tarixiy shaxs hisoblanadi. Uning Yerning aylanishi va uning diametrlarini oʻlchashga oid kashfiyotlari ilm uchun asos boʻlib qolgan.
“Abu Rayhon Beruniy – buyuk oʻzbek olimlaridan biri boʻlib, uning kashfiyotlari antiqa meros va zamonaviy ilm oʻrtasida koʻprik vazifasini bajargan”, deya fikr bildirgan nashriyot oʻz maqolasida.
Abu Ali Ibn Sinoning ham insoniyat taraqqiyotida hissasi juda katta. Gʻarbda Avitsenna nomi bilan mashhur boʻlgan bu olimning “Tib qonunlari” asari asrlar davomida tibbiyotning asosiy qoʻllanmasi sifatida xizmat qilgan. CNN alloma haqida quyidagicha izoh bergan:
“Bu oʻzbek olimi insoniyatga abadiy asar – “Tib qonunlari”ni tuhfa etdi".
CNN maqolasida, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar va buyuk oʻzbek allomalarining ulkan merosi shu bilan birga, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ahmad Fargʻoniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning merosi CNN maqolalarida taʼkidlanishi Oʻzbekistonning jahon ilm-fan va madaniyati rivojidagi ahamiyatli oʻrnini yana bir bor namoyon etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring