Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotgani rostmi?

Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va mutasaddilari ishtirokida oʻrganish ishlari olib borilgan.
Natijada, Boʻstonliq tumani, “Navobod” MFY hududida joylashgan Chorvoq suv omborining (umumiy hajmi – 2006,0 mln m³) “tomosha qilish maydonchasi”dan koʻrinib turgan d-600 millimetrli choʻyan quvurdan bogʻdorchilik fermer xoʻjaligining sugʻorish maqsadida ishlatadigan suvlari oqayotgani hamda uning yonida ichida elektr kabellari oʻtgan polipropilen quvurlar (d-76 mm va d-100 mm) ekani aniqlandi.
Oʻrganishga viloyat ekologiya boshqarmasining hamda tuman Jamoat salomatligi va EOMning laboratoriyalari jalb qilinib, d-600 millimetr boʻlgan quvurdan oqayotgan suvlardan tahlil namunalari olingan.
Dastlabki suv namunalari asosida olingan kimyoviy tahlillar natijasida suv tarkibida ifloslantiruvchi moddalar aniqlanmadi. Olingan suv namunalari talablarga mos kelishi maʼlum boʻldi.
Ushbu hududda markazlashgan oqova suvlarni qabul qilib olish uchun “Chimgan Chorbogʻ magistral suv tarmogʻi” AJga qarashli d-800 millimetr boʻlgan “Baqachol” oqova suv kollektor mavjud boʻlib, ushbu kollektor Chirchiq oqova suv tozalash inshootiga borib quyiladi.
Chorvoq suv ombori atrofidagi 550 nafar I-guruh (aholi) isteʼmolchi hamda 4 nafar II-guruh (byudjet) va 38 nafar III-guruh (byudjetdan tashqari yuridik shaxslar) isteʼmolchining oqova suvlari mazkur oqova suv tarmogʻiga shartnoma asosida tashlab kelinadi.
Suv ombori sathi perimetr boʻylab chiqilganda, suv omboriga oqova suvlar oqizilmayotgani, shuningdek, suv omboriga quyiladigan barcha suv yoʻllariga oqova suvlar tashlanish holati aniqlanmadi. Suv omboridagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligiga va texnik holatiga taʼsir etuvchi omillar mavjud emas. Yaʼni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Chorvoq suv omboriga oqova suvlar quyilayotgani toʻgʻrisidagi xabar oʻz tasdigʻini topmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring