“Choyxoʻrlar mamlakati”: yurtdoshlarimiz qaysi davlatning “importnыy” choyini koʻproq ichishadi?
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan katta hajmda choy import qildi. Ushbu davr mobaynida mamlakatimizga 24 ming 808 tonna choy olib kelingan boʻlib, uning umumiy qiymati 36,1 million dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich choy isteʼmoli yuqori ekanligini va importga boʻlgan ehtiyojni koʻrsatmoqda.
Statistika agentligining xabar berilishicha, eng koʻp choy Xitoydan import qilingan boʻlib, ushbu mamlakatdan 20 ming 409 tonna choy keltirilgan. Qayd etish kerakki, Xitoy Oʻzbekistonga choy eksport qiluvchi asosiy davlatlardan biri hisoblanib kelgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Keniya va Hindistondan ham choy import qilmoqda. Keniya 1070 tonna choy eksport qilgan boʻlsa, Hindistondan 786 tonna choy olib kelingan. Bu davlatlar ham Oʻzbekiston choy bozoridagi muhim oʻrinlarga ega.
Qolgan oʻrinlarda Eron va Rossiya turibdi. Eron 766 tonna, Rossiya esa 427 tonna choy yetkazib bergan. Bundan tashqari, boshqa davlatlardan jami 1 350 tonna choy olib kelingan.
Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli koʻrsatkichlari mamlakatlar boʻyicha sezilarli darajada farq qiladi. Turkiyada bu koʻrsatkich yiliga bir kishiga taxminan 3 kilogrammni tashkil etadi. Bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Buyuk Britaniya va Eron kabi davlatlarda ham aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli yuqori boʻlib, yiliga taxminan 2-2,5 kilogrammni tashkil etadi.
Bu koʻrsatkich Rossiyada yiliga bir kishiga oʻrtacha 1,2 kilogramm atrofida boʻlsa, Xitoyda 0,6-1 kilogramm orasida. Yaponiyada esa aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli bir kishiga yiliga taxminan 0,6 kilogrammni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda ham bu miqdor deyarli shunday. Agarda yuqoridagi import hajmiga qaraydigan boʻlsak, taxminan, har bir oʻzbekistonlik 0,7 kg “importnыy” choy ichadi. Bunga mamlakatimiz hududidagi mahalliy choy miqdoriniyam qoʻshishimiz, soʻngra qayta hisoblashimiz kerak boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring