“Chiroyli” avtoraqamlarni sotishda qachon tanish-bilishchilikka chek qoʻyiladi?
Xabaringiz bor, 2017-yildan boshlab “chiroyli” avtoraqamlarni onlayn-auksionlar orqali sotish yoʻlga qoʻyilgan edi. Buning natijasida ikki yil ichida davlat byudjetiga 200 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ kelib tushdi. Ilgari esa bu pullar qayoqqa ketgani nomaʼlum.
Ammo auksiondan faqat uch toifadagi raqamlarni xarid qilish mumkin edi. Ularning ichida 117, 171, 177, 272, 515, 717, 727 kabi ikkitalik “koʻzgu”(“zerkalnыy”) raqamlar yoʻq edi. Ochigʻini aytish kerak, bunday raqamlar hozir “tanish-bilishchilik” orqali sotilyapti.
Gap shundaki, hozir bu kabi avtoraqamlar savdosi nazorat qilinmayapti, bu esa korrupsiyaga olib kelmoqda. Shu yil sentyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ushbu tizimda shaffoflikning yoʻqligi ichki ishlar organlarining avtoraqam berishda har doim ham ketma-ketlikka rioya etmasligiga olib kelayotgani, ish esa narxlarni oshirish vositasida “hal etilayotgani”ni qayd etib oʻtgandi.
U.Sulaymonov bu oqibatda korrupsiyalashgan muhit yaratayotgani, “chiroyli” raqamlarni berish esa boʻlimning masʼul xodimlari xohish-istaklariga bogʻlanib qolayotganini bildirgandi.
Yaqinda muhokama qoʻyilgan Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi hayotga tatbiq etilsa, ana shunday holatlarga ham barham beriladi.
Zero, unga koʻra, mazkur avtoraqamlarni Toshkentda 5 bazaviy hisoblash miqdori(BHM, muhokama qoʻyilgan vaqtda qariyb 1,1 mln. soʻm) va hududlarda 4 BHM narxida sotish rejalashtirilgan.
Qolaversa, boshlangʻich narxlarni ikki va uch BHMga pasaytirgan holda, mavjud ikkita toifani ham oʻzgartirish rejalashtirilgan.
Unda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.
Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi koʻrsatib oʻtilgan.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish yoʻli bilan avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha sotish samaradorligini oshirish maqsadini koʻzlagan.
Qaror loyihasida oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining roʻyxati quyidagicha koʻrsatib oʻtilgan:
Maʼlumot uchun, ROʻDRB — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari. BHM – bazaviy hisoblash miqdori.
Loyiha muhokamasi 10-yanvargacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring