Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasida mamlakat birinchiligi boshlandi
Bugun OʻzDJTSUga qarashli sport manejida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga start berildi. Shu yilning 21-aprelga qadar davom etadigan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh polvonlar oʻz mahoratlarini namoyish etishadi.
Bugun, musobaqaning birinchi kunida yengil vaznli sportchilar oʻrtasidagi bahslar boʻlib oʻtishi belgilab qoʻyilgan. Ayni paytgacha qizlar oʻrtasida -45 kg. va -49 kg. vazn toifalarida gʻoliblar aniqlab olindi. Eʼtiborlisi, unda vodiylik qizlar oltin medallarni qoʻlga kiritishdi:
Ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati
Qizlar, -45 kg.:
1. Mahfuza Umaraliyeva (Andijon) – 116 (52+64) kg.
2. Nilufar Nosirjonova (Namangan) – 111 (51+60) kg.
3. Nozima Baxtiyorova (Xorazm) – 108 (48+60) kg.
-49 kg.:
1. Dinara Roziqova (Namangan) – 130 (57+73) kg.
2. Dilnura Karimova (Xorazm) – 122 (55+67) kg.
3. Gulsora Nasriddinova (Andijon) – 104 (46+58) kg.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring