Chet tili imtihoni natijalari eʼlon qilindi
2025-yil 13-dekabrdan 2026-yil 8-yanvarga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari eʼlon qilindi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Test natijalari “my.gov.uz” saytida eʼlon qilingan boʻlib, talabgorlar “Mening arizalarim” boʻlimidan oʻz natijalari bilan tanishishlari mumkin boʻladi. Shuningdek, test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar oʻz sertifikatlarini “my.gov.uz” sayti orqali elektron tarzda yuklab olish imkoniyatiga ega.
Oʻz natijasidan norozi boʻlgan talabgorlar 3 kun mobaynida “my.gov.uz” sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring