Chegara hududlarida mahalliy mahsulotlar sotiladigan savdo nuqtalari tashkil etiladi
“Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yana-da rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telergam kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 2021-2022-yillarda charmdan tayyor mahsulotlar, charm-attorlik, shuningdek, moʻyna va jundan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 50 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tijorat banklarida ochiladi.
Kredit liniyalari tegishli tijorat banklariga 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha, yillik 4 foiz stavkasi shartlarida ochiladi.
Kreditlar tadbirkorlarga zamonaviy yangi uskuna va texnologiyalarni xarid qilish uchun 2 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha, yillik 6 foiz stavkasida ajratiladi.
Qaror bilan 2023-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan xomashyo, materiallar va furnituralar roʻyxati (71 ta) tasdiqlandi.
Shuningdek, «Oybek-avtoyoʻl» (Toshkent viloyati) va «Sariosiyo-avtoyoʻl» (Surxondaryo viloyati) chegara oʻtkazish punktlaridan qoʻshni davlat chegarasigacha boʻlgan joylarda eksperiment tariqasida mahalliy tayyor mahsulotlar savdosiga ixtisoslashtirilgan savdo nuqtalari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, respublika hududlarida va xorijda charm mahsulotlari savdosiga ixtisoslashtirilgan “Multibrand” doʻkonlari tashkil etilib, uning elektron savdo platformasi yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring