“Buyuk ajdodlar merosiga oid tadqiqotlar bibliografiyasi” ilmiy platformasi yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida 100 000 ga yaqin nodir asarlar fondini o‘z ichiga olgan ulkan kutubxona tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Markazning ilmiy ekspertlari tomonidan “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi nodir manbalar fondi” elektron platformasini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Unga ko‘ra, shu kunga qadar jamlangan 7 000 dan ortiq nodir asarlarning elektron shakli yaratiladi.
Kutubxona negizida “Buyuk ajdodlar merosiga oid tadqiqotlar bibliografiyasi” elektron platformasi ham tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston tarixi va buyuk ajdodlar faoliyati bilan bog‘liq, dunyoda chop etilgan tadqiqotlarning bibliografiyasi shakllantiriladi. Keyinchalik har bir bibliografik yozuvga tadqiqotning to‘liq elektron shakli joylashtirib borish rejalashtirilmoqda. Ushbu platforma yordamida mazmun jihatidan dunyodagi yagona elektron kutubxonalardan biri yaratiladi.
Shuningdek, ajdodlar merosiga oid arab, fors, turk kabi sharq tillaridagi tadqiqotlar jamlanmasi shakllantiriladi. O‘rta asrlarda faoliyat yuritgan Movarounnahr allomalari ilmiy merosining zamonaviy nashrlari va ularga bag‘ishlangan tadqiqotlar tasniflanib, yangi adabiyotlar bilan boyitiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring