Bugungi harakat — ertangi barokat

16:33 02 Noyabr 2023 Jamiyat
175 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu kunlarda Andijon viloyatida toʻqsonbosti usulidagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish ishlari avj pallaga kirdi.

— Viloyat respublikaning boshqa hududlariga nisbatan salqin boʻlsada, qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun qulay manzil hisoblanadi, –deydi Baliqchi tumanidagi “Tumorlik Alijon unumli dalasi” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi Saydullo Ahmedov. –Shu bois yil davomida toʻrt martagacha hosil olish mumkin. Ayni paytda xoʻjaligimizga qarashli 110 gektar maydonda turp va sholgʻom parvarishlayapmiz. 3 ming 300 tup olma koʻchatlari oraligʻiga esa ismaloq, kashnich, ukrop, sabzi ekilgan. Endilikda toʻqsonbosti usulidagi ekinlarni ekish orqali hamyurtlarimizning ertagi sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishni maqsad qilib olganmiz.

Bu yil viloyat boʻyicha 6 ming 51 gektar maydonga toʻqsonbosti usulidagi ekinlarni ekish rejalashtirilgan boʻlib, bugunga qadar 1 ming 557 gektar maydonga sabzi, piyoz, osh lavlagi, kashnich, petrushka, selderey salat bargi kabi sabzavotlar urugʻi qadaldi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?