Bugundan Oʻzbekistonga kirib kelish uchun yangi tartib joriy etilmoqda
15-yanvardan Oʻzbekiston hududiga kirib kelayotgan fuqarolar (avtomobil harakati bundan mustasno) kirishidan kamida 48 soat oldin PZR usulida oʻtkazilgan koronavirusga salbiy test natijasini taqdim etishlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududiga kirishda koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlash uchun ekspress antigen testini topshirishlari shart.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarning uchib kelish zallarida tashkil etiladigan ekspress-test punktlarida ekspress-test topshirish Oʻzbekiston Markaziy banki kursi boʻyicha soʻm ekvivalentida 5 AQSH dollari miqdorida belgilanadi.
Talabalik guvohnomasi boʻlgan talabalarga 50 foiz chegirma beriladi. I va II guruh nogironligi boʻlganlar bepul topshiradi. Ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni kovid uchun tekshirish shart emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring