Bugun “The Best” mukofoti oʻz egasiga topshiriladi
Bugun, 16-dekabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) 2025-yilgi mavsum davomida eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan futbolchiga “The Best” mukofotini topshiradi.
Ushbu mukofotga “Oltin toʻp” sovrinidan farqli oʻlaroq jurnalistlardan tashqari har bir terma jamoaning sardorlari va bosh murabbiylari, shuningdek, federatsiyasi rahbarlari ham ovoz beradi.

Yakuniy holatga koʻra, FIFA tomonidan ushbu mukofotga nomzod sifatida quyidagi futbolchilar roʻyxati eʼlon qilingan:
Rafinya (“Barselona”);
Gavi (“Barselona”);
Lamin Yamal (“Barselona”);
Harri Keyn (“Bavariya”);
Ashraf Hakimi (PSJ);
Usmon Dembele (PSJ);
Kilian Mbappe (“Real Madrid”);
Nuno Mendesh (PSJ);
Vitinya (PSJ).
Maʼlumot uchun, “The Best” mukofotini topshirish marosimi bugun soat 22:00 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring