Bugun Mirabror Usmonov xotirasiga bagʻishlangan turnirda gʻolib aniqlanadi

12:09 28 Iyul 2025 Sport
227 0

Joriy yilning 22-iyulidan boshlab, oʻzbek futboli rivojiga katta hissa qoʻshgan, Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov xotirasiga bagʻishlangan yoshlar oʻrtasidagi xalqaro turnir oʻz yakuniga yetmoqda.

Ushbu musobaqada Oʻzbekiston, Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari ishtirok etdi.

Turnirning ochilish uchrashuvida Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-23 jamoasi saudiyalik tengqurlarini 3:1 hisobida magʻlub etdi. 25-iyul kuni oʻtkazilgan navbatdagi oʻyinda esa Yaponiyaning U-23 jamoasi Saudiya Arabistonini yirik — 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Bugun musobaqa gʻolibligi uchun Oʻzbekiston va Yaponiya U-23 terma jamoalari oʻzaro bahs olib borishadi. Hal qiluvchi uchrashuv Toshkentdagi “JAR” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?