Bugun Afrika Millatlar kubogi musobaqasi start oladi
Bugun, 21-dekabr kuni Marokash mamlakatida 2025-yilgi Afrika Millatlar kubogi musobaqasi start oladi. FIFAning amaldagi qonunchiligiga koʻra, garchi musobaqa FIFA kunlari doirasida oʻtmayotgan boʻlsa ham, klublar futbolchilarini terma jamoa ixtiyoriga qoʻyib yuborishlari kerak.
Xoʻsh, ushbu musobaqada ishtirok etish uchun qaysi futbolchilar APL va La Liga klublarini tashlab kelishadi? Ushbu musobaqa qaysi klublarning zarariga ishlaydi. Bugun shuni koʻrib chiqamiz.
Avvalo, Afrika Millatlar kubogi musobaqasida qatnashish uchun terma jamoa ixtiyoriga Premyer liga va La Liga chempionati klublaridan kelgan futbolchilarga nazar tashlaymiz.
Angliya Premyer ligasidan jalb etilgan futbolchilar:
Noa Sadiki — “Sanderland”
Chemsdin Talbi — “Sanderland”
Xabib Diarra — “Sanderland”
Bertran Traore — “Sanderland”
Reynildo Mandava — “Sanderland”
Nussair Mazraui — “Manchester Yunayted”
Brayan Mbeumo — “Manchester Yunayted”
Amad Diallo — “Manchester Yunayted”
Samuel Chukvueze — “Fulxem”
Aleks Ivobi — “Fulxem”
Kalvin Bessi — “Fulxem”
Layl Foster — “Byornli”
Xannibal Mejbri — “Byornli”
Aksel Tuanzebe — “Byornli”
Rayan Nuri — “Manchester Siti”
Omar Marmush — “Manchester Siti”
Idrissa Geye — “Everton”
Iliman Ndiaye — “Everton”
Tavanda Chireva — “Vulverxempton”
Emmanuel Agbadu — “Vulverxempton”
Villi Boli — “Nottingem Forest”
Ibrohim Sangare — “Nottingem Forest”
Muhammad Saloh — “Liverpul”
Aaron Van-Bissaka — “Vest Xem”
Pape Matar Sarr — “Tottenxem”
Dango Uattara — “Brentford”
Ismaila Sarr — “Kristal Pelas”
Karlos Baleba — “Brayton”
La Liga klublaridan jalb etilgan futbolchilar:
Sufyan Amrabat — “Betis”
Abde Ezzalzuli — “Betis”
Sedrik Bakambu — “Betis”
Akor Adams — “Sevilya”
Chidera Ejuke — “Sevilya”
Ilyas Axomach — “Vilyarreal”
Pape Geye — “Vilyarreal”
Randi Nteka — “Rayo Vallekano”
Ismoil Pate — “Rayo Vallekano”
David Karmu — “Real Ovyedo”
Azzedin Unahi — “Jirona”
Omar Maskarell — “Malyorka”
Charlz Pikkel — “Espanyol”
Brahim Dias — “Real Madrid”
Flaviyen Boyomo — “Osasuna”
Karl Etta — “Levante”
Koʻrib turganingizdek, APLda bu musobaqadan eng koʻp jabr chekadigan klub “Sanderland” boʻladi. Ushbu klubning 5 nafar futbolchisi Millatlar kubogi uchun jamoani tark etishgan. Ularning 4 tasi asosiy tarkib vakillari hisoblanar edi.
“Sanderland”ni yaqin kunlarda “Lids Yunayted”, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Brentford” kabi klublarga qarshi oʻyinlar kutib turibdi. “Sanderland” ayni vaqtda 27 ochko jamgʻargan holda APL jadvalida 6-oʻrinni egallab turibdi. Bu, albatta, juda yaxshi natija hisoblanadi. Ammo “Boksing dey”dan keyingi holat qanday boʻladi — bunisi nomaʼlum.
“Manchester Yunayted” jamoasi ham jiddiy muammo bilan yuzma-yuz kelmoqda. Jamoani tark etayotgan 3 ta futbolchining barchasi asosiy tarkib vakillari hisoblanardi. “Qizil iblislar”ni shu kunlarda “Nyukasl” va “Aston Villa” jamoalariga qarshi oʻyinlar kutib turganini inobatga olsak, muammoning masshtabi yanada kengayadi.
Shuningdek, “Fulxem” va “Byornli” jamoalaridan ham 3 tadan futbolchi terma jamoa ixtiyoriga ketmoqda. Bu ushbu jamoalarda ham muayyan muammolar keltirib chiqaradi.
La Liga klublari haqida gap borsa, Millatlar kubogidan asosiy jabrdiyda jamoa “Betis” ekanini koʻrish mumkin. Ushbu jamoadan musobaqaga 3 nafar futbolchi yoʻl olmoqda. Mazkur futbolchilar jamoa oʻyinida alohida rol oʻynashi koʻpchilikka maʼlum. Shuningdek, “Vilyarreal” va “Sevilya” jamoalarini 2 nafardan futbolchi tark etadi.
Xullas, APL va La Liga klublarida Afrika Millatlar kubogi oldidan mana shunday holat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring