Bu yil investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma obyektini qurish belgilangan

11:32 29 Yanvar 2024 Siyosat
194 0

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Prezidentimiz kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar oldida turgan uy-joy va qurilish sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Bu yil investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma obyektini qurish belgilangan.

Lekin soha yoki hudud rahbarlari byudjet mablagʻlarini samarali ishlatish, qurilishlar sifatini taʼminlash boʻyicha namuna boʻladigan tizim yaratmagani qayd etildi.

Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablagʻlarini maqsadsiz ishlatish, talon-taroj va oʻgʻrilik holatlari koʻrsatib oʻtildi.

Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?