Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup koʻchat ekish belgilangan
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup koʻchat ekish belgilangan.
Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sugʻorish va koʻchatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.
Masalan, bogʻ uchun Qoraqalpogʻistonda 47 gektar, Namanganda 25 gektar va Qashqadaryoda 26 gektar ajratilib, ishlar boshlab yuborilgan. Lekin Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari haligacha qaror qabul qilmagan.
Ayniqsa, Taxiatosh, Mirzachoʻl, Zafarobod, Sharof Rashidov, Baxmal, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Yangiyoʻl tumanlari, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyoʻl shaharlari, Toshkent shahrining 12 ta tumanida koʻchat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring