Braziliyada prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi

18:32 31 Oktyabr 2022 Dunyo
714 0

Foto: Illustrativ foto

Braziliyada oʻtkazilgan prezidentlik saylovining ikkinchi tur natijalariga koʻra Luiz Inasio Lula de Silva 50.9% ovoz bilan gʻalaba qozondi. Braziliyaning amaldagi prezidenti Jair Bolsonaro 49.1% ovoz bilan magʻlub boʻldi.

Lula de Silva prezidentlik faoliyatini 2023-yilning 1-yanvaridan boshlaydi. Braziliyada jami 156 million saylovchi bor. Birinchi tur saylovda Lula de Silva 48.43%, Bolsonaro 43,20 % ovoz olgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, Bolsonaroning saylovdagi magʻlubiyatiga iqtisodiy inqiroz, COVID-19 pandemiyasida vafot etgan 700 ming braziliyalik, Amazonka oʻrmonlarining qisqarib borishi hamda hukumat tizimidagi korrupsiyalar sabab boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?