JCH-2018. Braziliya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining bugungi uchrashuvlaridan birinchi yakuniga yetdi. Unda Braziliya terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushib, ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 90-daqiqasi mobaynida hisob ochilmagandi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda brazillar uyg‘onishdi. Avvaliga Koutino, keyin Neymar tomonidan kiritilgan gollar jamoaga muhim bo‘lgan uch ochkoni keltirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Braziliya hisobidagi ochkolar soni 4taga yetdi. Kosta-Rika esa 0 ochko bilan muddatidan oldin musobaqani yakunladi.
JCH-2018
E guruhi. 2-tur
Braziliya – Kosta-Rika 2:0 (0:0)
Gollar: Koutino (90+1), Neymar (90+7).
Braziliya: Alisson, Fagner, Tiago Silva, Miranda, Marselo, Paulino (Firmino, 68), Kazemiro, Koutino, Villian (Duglas Kosta, 46), Gabriel Jezus (Fernandino, 90+3), Neymar.
Kosta-Rika: Navas, Akosta, Gonsales, Duarte, Gamboa (Kalvo, 75), Borxes, Gusman (Texeda, 83), Ovyedo, Venegas, Ruis, Urenya (Bolanos, 54).
Ogohlantirishlar: Neymar (81), Koutino (81), Akosta (84).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring