Bosh vazir: Oʻzbekiston koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni toʻxtatadi
Arxiv surat
Oʻzbekiston 16-martdan boshlab boshqa davlatlar bilan barcha aviareyslarni bekor qiladi, mamlakatga avtotransportda kirish-chiqish yoʻllari ham yopiladi.
Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, boʻlib oʻtgan maxsus brifingda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov maʼlum qildi.
Brifingda temir yoʻl qatnovlarini toʻxtatish masalasini hal qilish uchun uch kun vaqt ajratilgani maʼlum qilindi.
Vaziyatni nazoratga olib turish maqsadida call sentr ishga tushiriladi. Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yoʻllari va samolyotlarda 50 foiz chegirma beriladi va maxsus ulovlar ajratiladi.
Bu qaror ayni vaqtda Rossiya va boshqa davlatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston poyezdlarining qaytib kelishi bilan bogʻliq ekani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston fuqarolari chet elga chiqishlari, chet el fuqarolari Oʻzbekistonga kirishi vaqtincha toʻxtatiladi. Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin boʻladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda boʻlishlari talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring