Boʻsh obyektlar — yangi ish oʻrinlari va imkoniyatlar

15:52 14 Yanvar 2026 Jamiyat
230 0

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida viloyatda boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda ushbu aktivlarni iqtisodiy aylanmaga kiritish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlandiki, xususiylashtirish dasturlari doirasida belgilangan rejalar bajarilgani bilan birga, ayrim davlat aktivlari uzoq vaqtdan beri auksion savdolarida sotilmasdan kelayotgani tanqid qilindi. Xususan, Mirzaobod tumanida joylashgan “Guliston 2535-sonli avtojamlanmasi” MCHJ hamda “Best xarvest garden” MCHJning davlat ulushlari baholangan narxlari sezilarli darajada pasaytirilganiga qaramasdan bir yildan ortiq vaqt mobaynida sotilmagan. Bunday holat Sirdaryo tumanida ham kuzatilayotganligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda noqishloq yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish holati ham tahlil qilindi. Viloyat boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar ijobiy boʻlsa-da, ayrim tumanlarda yerlar 6 oydan ortiq vaqt davomida sotilmasdan qolib ketayotganligi tanqid qilindi. Har bir obyektni tayyor loyiha shaklida auksionga chiqarish boʻyicha koʻrsatma berildi.

– Boʻsh obyektlar — yangi ish oʻrinlari va imkoniyatlar, ishlamay turgan iqtisod – , dedi Erkinjon Turdimov. – Yigʻilish yakunida masʼullarga uzoq vaqt sotilmayotgan obyektlar boʻyicha alohida tahlil oʻtkazish, har bir aktivni aniq loyiha bilan investorlarga taklif etish hamda natija uchun shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?