Bogʻcha va maktab pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatning 2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Muhokama uchun eʼlon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida 2030-yilgacha quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:
- Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqini 2 baravar oshirish (2026da 0,4, 2027da 0,8, 2028da 1,2, 2028da- 1,6 hamda 2030da 2,0 barobarga);
- Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish orqali 500 ming nafar pedagog kadrlarni qamrab olish;
- Ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring