“Bir makon, bir yoʻl” ish boshladi

10:36 18 Oktyabr 2023 Siyosat
477 0

Bugun Pekinda “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumi ish boshladi. Uning ochilishida soʻzga chiqqan Xitoy Raisi Si Szinpin 10 yildan beri mazkur tashabbusning koʻplab aniq, shuningdek, ramziy loyihalar amalga oshirildi.

— 10 yil davomida oldimizga qoʻyilgan tegishli maqsadlarga erishish uchun doimiy saʼy-harakatlar bajarildi. “Makon va yoʻl” tashabbusi rejalar va loyihalardan amaliy ishga oʻtildi, — dedi davlat rahbari.

Uning taʼkidlashicha, Ipak yoʻli jamgʻarmasi kapitali 10,9 milliard dollarga oshiriladi. “Mablagʻlar qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi”.

Ipak yoʻli jamgʻarmasi 2014-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning umumiy kapitali 40 milliard dollar va 100 milliard yuandan iborat.

Si Szinpin Xitoy mahsulotlarining eksporti va importi 2024—2028-yillarda 32 trillion dollardan, savdo xizmatlari esa 5 trillion dollardan oshadi, deb qayd etdi.

Uning bayonotiga koʻra, davlat China Development Bank va Export-Import Bank of China banklarining har biri taxminan 47,8 milliarddan “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi loyihalarini amalga oshirish uchun ajratadi.

“Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi 2013-yilda XXR Raisi Si Szinpin tomonidan manfaatdor mamlakatlar va Xitoy, xorijiy kapital ishtirokida savdo-investitsiyaviy koʻp tomonlama loyihalarni amalga oshirishni faollashtirishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?