Bir haftalik chaqaloqlar ham koronavirusga chalinmoqda — Elmira Basitxanova
Ayni paytda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida “Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda
Unda Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova koronavirus bolalarda aniqlanayotgani haqida aytib oʻtdi.
«Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida oʻtgan yili bolalar boʻlimi ochilmagan edi. Bunga sabab koronavirusning avvalgi shtammlari bolalarda juda kam aniqlangani edi. Bugunga kelib ushbu shifoxonalarda bolalar boʻlimini tashkil etishga toʻgʻri keldi. Bu bolalarda koronavirusning koʻproq aniqlanayotgani bilan bogʻliq.
Yangi tugʻilgan chaqaloqni hamma qoʻlga olib koʻrishga urinishi bilan bogʻliq odatlar sabab hatto bir haftalik chaqaloqlar ham koronavirusga chalinish holatlari uchramoqda. Bu borada yangi tugʻilgan chaqaloqni 40 kun chillada saqlash kabi urf-odatlarimiz ularni koronavirusdan himoya qilish omili boʻlishi mumkin», dedi Elmira Basitxanova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring