Beshariqda 2,1 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlagan ota-bola qoʻlga tushdi

19:14 15 Yanvar 2026 Jamiyat
427 0

Beshariq tumanida 2,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Beshariq tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning “Boy” MFYda joylashgan fuqaro B. D. ga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida xatlov oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, isteʼmolchi yashirin tarmoq tortib, gaz soʻrgich moslama orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻlgan. Mazkur holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 1 milliard 430 million soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan manzilning qarama-qarshi tomonida joylashgan fuqaro B. D.ning farzandiga qarashli boʻlgan ovqatlanish maskanida ham tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgani maʼlum boʻlib, 678 million 386 ming soʻmlik zarar hisob-kitob qilingan.

Hozirda holatlarga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?