Berlinda Oʻzbekistonning arxeologik xazinalariga oid koʻrgazmasi davom etmoqda
Berlindagi Jeyms Simon galereyasida “Oʻzbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” koʻrgazmasi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Tashrif buyuruvchilar Oʻzbekistonning koʻplab arxeologik topilmalarnini, ular jumlasidan, kirpi koʻrinishidagi milodiy III-IV asrlarga oid tilla taqinchoqni tomosha qilishlari mumkin.
Oltin bezak 1972-yilda Qarshi vohasining qadimiy poytaxti xarobalari, Yerqoʻrgʻon shaharchasida joylashgan ibodatxonadan topilgan. Unda ignalariga feruza toshlari bilan qadama naqsh solingan, orqa tomoniga esa nautilus dengiz chigʻanoqlari oʻrnatilgam tipratikan tasvirlangan. Aftidan, jonivorning siymosidan tumor sifatida foydalanilgan, gap shundaki, zardushtiylikda tipratikan ilon va boshqa nopok mavjudotlarga qarshi kurashuvchi sifatida ardoqlangan.
Kirpi haykalchasi bugungi kunga qadar aʼlo holatda saqlanib qolgan. Mazkur taqinchoq va boshqa qiziqarli topilmalardan “Oʻzbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” koʻrgazmasida Berlinda 2024-yil 14-yanvargacha bahramand boʻlish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring