Belarus Respublikasi Bosh vaziri Oʻzbekistonga kelmoqda

17:25 04 Dekabr 2023 Siyosat
403 0

Joriy yilning 4-5-dekabr kunlari Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat Bosh vazirlari Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishida, shuningdek, Oʻzbekiston-Belarus biznes-forumida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Tashrifning asosiy voqealari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?