Beeline tarmogʻida avariya-tiklash ishlari oʻtkazilmoqda — Kompaniya nosozlik holatiga izoh berdi

14:34 18 Iyun 2024 Jamiyat
452 0

“Beeline” mobil operatori foydalanuvchilari internet va shu kabi koʻplab servislardan foydalanishda muammolarga duch kelmoqda.

Kompaniya mazkur holatga izoh berdi. “Tarmoqda avariya-tiklash ishlari oʻtkazilmoqda. Shu sababdan baʼzi abonentlarda internet xizmatlari va boshqa servislar ishlashi bilan bogʻliq qisqa vaqtli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Yaqin orada xizmatlarning ishlashi toʻliq tiklanadi”, deyiladi xabarda.

Beeline oʻz mijozlaridan noqulayliklar uchun uzr soʻrab, barcha muammolar bartaraf etilishini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?