“Bashakshehir” jamoasi Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida gʻalaba qozondi
Kecha UEFA Konferensiyalar Ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasida Turkiyaning “Bashakshehir” klubi Norvegiya mamlakatining “Viking” jamoasi mehmoni boʻldi.
Stavenger shahrida oʻtgan bahs “Bashakshehir”ning 1:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga “turklar”dan Kristofer Operi, Deniz Turuch va Davis Zelke mualliflik qildi. “Viking”ning yagona javob golini Sander Svendsen kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ikkinchi taymning 59-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Abbosbek Fayzullayev esa oʻyin qaydnomasiga kiritilmadi.
Maʼlumot uchun, ushbu jamoalar oʻrtasidagi javob oʻyini 13-avgust kuni Istanbulda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring